View in Telegram
ha, boshqacha yozaman, toʻlib — ichimga sigʻmay. yoziqlar — hali tugʻilmagan farzandimning qiyqiriqlari. baʼzan tabbasumlar qiladi tortiq, jilmayib qaraydi oʻqigan sayin. goho yigʻlatadi hoʻng-hoʻng birovni va kimnidir xoʻrlaydi biram. baʼzan sukunatdan yasayman jumla, (uni tushunmayman hatto oʻzim ham) kimdirga atalgan yoki oʻzimga. xitoblar, undovlar qilaman baʼzan, jimgina oʻtirish kelmas qoʻlimdan. oʻzimni oqlashga ustaman juda, soʻzlarim zaharli boʻladi shu tob. kimnidir chaqadi, kimni oʻldirar, shunda, qotillikni soʻzga toʻnkayman. Behzod yozdi @zuhurot
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily