⚡️Shahrisabz davlat pedagogika instituti va shahrisabzlik homiylar tashabbusi bilan "Ziyo ulashib" loyihasi doirasida Shahrisabz shahridagi 25 ta maktab kutubxonalariga o'zbek va jahon adabiyotidan 100 tadan sara adabiyotlar sovg'a qilindi.
✅ Shuningdek, joriy yilning 22-yanvar kuni Shahrisabz shahridagi 18-24-maktablarga institut tyutorlari va iqtidorli yoshlari tashrif buyurishdi. Targ'ibot tadbiri davomida o'quvchilar Respublikamizda tashkil etilgan kitobxonlik tanlovlari, turli loyihalar, ma'naviy-ma'rifiy ishlar haqida ma'lumotga ega bo'lishdi, maktab kutubxonasiga 100 ta ilmiy va badiiy asarlar sovg'a qilindi.
✅ Endilikda esa "Ziyo ulashib" loyihasi Shahrisabz-Kitob tumanlaridagi maktablarga ziyo ulashishda davom etadi.

✅ 2024-yil 23-dekabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan kitobxonlikni targ‘ib etish va maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan boyitish maqsadida "Ziyo ulashib" loyihasi targ‘ibot jamoasi Shahrisabz shahridagi 19-20-21-umumta’lim maktablarga tashrif buyurdi.
💎 Targʻibot Ijtimoiy fanlar fakulteti Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari H.Olimov, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Bozor Boltayev, Pedagogika fakulteti tyutorlari X.Gapparov, Pedagogika kafedrasi professor o'qituvchilari Dildora Normuratovna, 1-kurs magistr talabasi H.Ziyodov, Pedagogika fakulteti yetakchisi Sh.Usmonovalar ishtirokida amalga oshirildi. Tadbir davomida oʻquvchilarga oliygohdagi shart-sharoitlar, imkoniyatlar, doimiy oʻtkazilib kelinayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, turli tanlovlar haqida maʼlumot berishdi. Shuningdek maktab kutubxonalariga 100 ta jahon va o'zbek adabiyotidan sara asarlar sovg'a qilindi.
⚡️ Shahrisabz davlat pedagogika institutida talaba va oʻquvchilar o'rtasidagi kitobxonlikni keng targʻib etish va kutubxonalarni kengaytirish maqsadida tashkil etildan "Ziyo ulashib" targ'ibot jamoasi 21-dekabr kuni Shahrisabz shahridagi 17- va 7-maktablarga tashrif buyurishib 100 tadan badiiy asarlar sovgʻa qilishdi.
✔️ Tashrif davomida targʻibot jamoasi oʻquvchilarga institutdagi shart-sharoitlar, talabalarga yaratib berilgan imkoniyatlar, turli maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va tanlovlar haqida maʼlumot berib oʻtishdi. Oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berib, maslahatlar berildi.
🤔 Loyiha maqsadi koʻpgina maktablarga kitoblar yetkazib berish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish, oʻquvchilarga ustozlar tomonidan tajribalarni ulashish, kelgusida yetuk kadr boʻlib yetishishlarida toʻgʻri yoʻl koʻrsatishdir.