#Бизнес_солиқ
YATT qanday xisobotlarni topshiradi?
Men yakka tartibdagi tadbirkorman, bir o‘zim ishlayman. Mening daromadim 100 mln so'mdan oshdi. Qaysi hisobotlarni topshirishim kerak?
Yakka tartibdagi tadbirkorning
daromadi 100 mln so'mdan oshsa, u
qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig'ini to'lashdan
aylanmadan olinadigan soliq to'lashga o'tadi:
▫️umumbelgilangan stavka - 4%;
▫️elektron tijorat uchun - 2%;
▫️5-toifa tumanlardagi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun - 1%.
Bu holda
har oyning 15-sanasiga qadar soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali
aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha hisobot topshirishi kerak.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorning
yollanma xodimlari bo'lmasa, JSHODS bo'yicha hisobot topshirish shart emas.
Yakka tartibdagi tadbirkor
har oyning 15-sanasidan kechiktirmay o‘zi uchun 38-kod bo‘yicha ijtimoiy soliqni shaxsiy kabinet yoki
Soliq mobil ilovasi orqali
to‘laydi.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorning
yollanma xodimlari bo‘lsa, u har oyning
15-sanasidan kechiktirmay
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotni topshirishi hamda ular uchun
46-kod bo‘yicha daromad solig‘i va
38-kod bo‘yicha ijtimoiy soliqni to‘lashi kerak.
Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг
👉 @yuristlar_maslahati 👈