Ushbu kanalda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi faoliyatini yorituvchi ma’lumotlar beriladi
Biz bilan bog’lanish : 👇
@Yoz_uyushmasi_Xorazm_viloyati
Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalil va uyushma aʼzosi Ro‘zimboy Hasanning “General Jo‘rabek: davr va qismat” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yozuvchilar, shoirlar, yosh ijodkorlar ishtirokidagi tadbirni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Unda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari – Xurshid Do‘stmuhammad, Gulmira Musajonova, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, falsafa fanlari doktori Qiyomiddin Nazarov, tarix fanlari nomzodi Nuryog‘di Toshov, shoira Lola O‘roqova va boshqalar so‘zga chiqdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan jadid bobolarimiz orzu qilgan ilm-maʼrifatli jamiyat yaratish g‘oyasi mualliflarni “General Jo‘rabek: davr va qismat” tarixiy-hujjatli badiasini yaratishga ilhomlantirgani, shubhasiz. – Mazkur asarning dunyoga kelishida O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam, filologiya fanlari doktori, professor Xurshid Do‘stmuhammad, siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Yakubov ularga yaqindan ko‘mak berdi, – dedi Gulmira Musajonova. – Asar voqealari yaqin tariximizning sirli sahifalaridan biriga tutilgan yorqin ko‘zgu sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kitobda mualliflar bir yarim asrdan ko‘proq davr avval Turkiston zaminida ro‘y bergan hodisotlar, taxt va mansab, boylik talashish ortidan kelib chiqqan urush-nizolar, talotumlarni bugungi kun nazari bilan tahlil qilgan. Ushbu tarixiy-hujjatli badia barcha qatlamdagi o‘quvchilarni keng mushohadaga chorlashi bilan muhimdir. Kitob 2024-yilda “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan. Loyiha rahbari Sirojiddin Sayyid. Unga Baxtiyor Yakubov muharrirlik qilgan. Вir yarim asr ilgari bo‘lib o‘tgan ushbu voqealar tafsilotlari asarning beshinchi bo‘limidagi “Qozi bilan qalin bo‘lsang...” sarlavhali maqolada to‘liq keltiriladi. Kitobning aynan ushbu bo‘limida birinchi o‘zbek generali Jo‘rabek Qalandar qori o‘g‘lining jadidlar harakatiga qo‘shilishi, Turkistonda ilm-maʼrifat, kitobxonlik, vaqtli nashrlar, sanʼat va boshqa ijtimoiy sohalarda yuzaga kelgan o‘zgarishlar jarayonini nafaqat qo‘llagani, balki birgalikda ushbu “qozonda qaynagani” to‘g‘risida aniq tarixiy dalillar, yozma manbalar va zamondoshlari xotiralari orqali o‘qirmanlarga yetkaziladi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar asarning mazmun-mohiyati haqida mushohada yuritishdi. Mualliflar yig‘ilganlarga yangi asarni ulashdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalil va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ro‘zimboy Hasanning “General Jo‘rabek: davr va qismat”nomli kitobi taqdimotidan suratlar.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalil va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ro‘zimboy Hasanning “General Jo‘rabek: davr va qismat”nomli kitobi taqdimotidan suratlar.