#mitti_hikoya
Baxtsiz o‘g‘ri
Singlisini shundoqqina ko‘chalaridan o‘g‘irlab ketishgani alam qilgan yigit o‘g‘rilik yo‘liga kirgan edi.
Bunga o‘ttiz yildan oshdi. Navbatdagi «ov»da guvoh bo‘lib qolgan uy sohibasini tinchitarkan, u o‘zining yo‘qolgan singlisi ekanini bilmasdi.
Do‘st
– Nima bo‘ldi, suhbatdan o‘tdingmi so‘radi? – u rahbar yonidan chiqqan do‘stidan.
– Ha, qabul qilindim. Dushanbadan birga ishlaymiz, do‘stim.
Do‘st shunday qildiki, o‘sha dushanba hali hamon kelgani yo‘q.
Ta’lim
Uy ivirsib yotardi. Bir haftadan beri yuvilmagan idishlar ustida pashshalar g‘ujg‘on o‘ynardi.
Bu paytda uy sohibasi talaba qizlarga ozodalik, uy tutishdan ma’ruza o‘qirdi.
Saida IBODINOVA
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz