Ayni damda Jeneva shahrida Parlamentlararo Ittifoqning 149-assambleyasi boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu xalqaro tadbir doirasida turli mamlakatlar parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik va muloqot yanada mustahkamlanmoqda.
Parlamentlararo Ittifoq 2021 yilda "Parlamentda yoshlarga ʼHaʼ deyman!" kampaniyasini yoʻlga qoʻygan boʻlib, ushbu tashabbus doirasida 2000 ga yaqin shaxslar imzo chekkan va 750 dan ortiq parlament aʼzolari unga qoʻshilgan.
Kampaniya yoshlarning parlamentdagi ishtiroki va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.
Oʻz navbatida, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti ham ushbu kampaniyaga aʼzo boʻlish boʻyicha muhokama olib bormoqda.
Shu bilan birga, Markaziy Osiyo tarixida ilk marta Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi 2025-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilishi maʼlum qilindi.
Bu nufuzli xalqaro tadbir Oʻzbekistonning global parlament hamjamiyatidagi oʻrnini mustahkamlab, mintaqada parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
📱Bizni kuzatib boring👇Rasmiy sayt |YouTube | Instagram