Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Senator va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan
“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi
Annaklicheva Gulistan Axmedovna,
Yoshlar parlamenti a’zolari Gʻayratdin Seytekov, Azamat Qutlimuratovlar va
harbiy xizmatchilar ishtirok etdi va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi.
Shuningdek uchrashuvda mustaqillik yillarida yurtimizda har bir fuqaroning qalbida vatanparvarlik tuygʻularining yanada mustahkamlanganligini, Vatanga sadoqat, bagʻrikenglik, tinchlik-osoyishtalik, doʻstlik-birodarlik buyuk ne’mat etkanligi e’tirof etildi.
📱Bizni kuzatib boring
👇
Rasmiy sayt | YouTube |
Instagram