Xorazm viloyatida “Senator va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Sadullaeva Faroxat Aminovna, Yoshlar parlamenti a’zolari va harbiy xizmatchilar ishtirokida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda
Oliy Majlisi Senati a’zosi Sadullaeva Faraxat va
Yoshlar parlament a’zosi Qo‘chqorov Quranboylar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi bilan tanishishdi.
Tadbir davomida safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan faol xarbiy xizmatchilarga sovg‘alar berildi va bayram tabrigi yo‘llandi.
Ko‘p millatli xalqimizning tinchligi yo‘lida sharafli, mas’uliyatli burchini – Vatanni himoya qilishdek buyuk vazifani ado etayotgan, oddiy askar va serjantlarga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish yo‘lida kuch-quvvat va katta muvaffaqiyatlar tilashdi.
📱Bizni kuzatib boring
👇
Rasmiy sayt | YouTube |
Instagram