View in Telegram
“Yurtimiz yoshlarining yutugʻi barchamizga kuch bagʻishlaydi”. Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Diloram Tashmuxamedovaning “Yurtimiz yoshlarining yutugʻi barchamizga kuch bagʻishlaydi” mavzusidagi maqolasi “Xalq soʻzi” gazetasining 163-sonida chop etildi. Mazkur maqolada Senator Diloram Tashmuxamedovaning yurtimizda sportning rivojlanishi va ommaviylashtirilishiga qaratilgan sa‘y-harakatlar haqida fikrlari bayon etilgan. Bunda, sport sohasida amalga oshirilgan islohotlar va ularning samarasini ta’kidlanib, yoshlarimizning xalqaro maydonlarda erishayotgan yutuqlari butun xalqimizga ruhiyat va kuch bag'ishlayotganini qayd etilgan. Xususan, Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar, jumladan, erkaklar boksida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritilishi, mamlakatimiz sportchilari orasidagi raqobatbardoshlik va ularga ko‘rsatilayotgan e’tiborni yana bir bor tasdiqlanganligi bildirilgan. Shuningdek, maqolada davlatimiz rahbarining sport sohasiga qaratgan e’tibori natijasida, chekka hududlardagi sport inshootlarining rekonstruksiya qilinishi va sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi haqida so‘z yuritilib, sport sohasi xodimlari va yoshlarimizga bo‘lgan e’tibor va ularni qo‘llab-quvvatlash davom etishiga ishonch bildirilgan. 📱Bizni kuzatib boring👇 Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily