Misr qirgʻoqlari yaqinida bortida 45 kishi boʻlgan yaxta choʻkib ketdi
“Qizil dengizda suzib ketayotgan Sea Story yaxtasi choʻkib ketdi, uning bortida 31 yoʻlovchi va 14 ekipaj aʼzosi boʻlgan. 28 kishi qutqarilgan, yana 17 kishi bedarak yoʻqolgan”, deyiladi Misr rasmiylari tomonidan eʼlon qilingan xabarda.
Yaxta kecha Gʻolib portidan chiqib ketgan, juma kuni esa Hurgadaga yetib kelishi kerak boʻlgan. Bugun erta tongda ekipaj halokat signalini yuborgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
👉@YOL_YOLAKAY