#Xorazm_Kadastr #Davra_Suhbati
⭐️Kadastr agentligi hamda
🌟Davlat kadastrlari palatasining Xonqa tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida muhim davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi O‘RQ-937-sonli qonun mazmun-mohiyati va uning ijrosi jarayonida korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
*️⃣Mazkur tadbirda
🌟Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I. Tadjibayev, shuningdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalari bosh mutaxassislari B. Eshchanov va X. Matkarimov ishtirok etdilar.
*️⃣Uchrashuv davomida xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishining muhimligi ta’kidlanib, korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ishtirokchilarga korrupsiyaning tizim rivojiga salbiy ta’siri real misollar asosida tushuntirildi va ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.
🖥 Tadbir yakunida xodimlarga qonunbuzilish holatlarining oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va jamiyat oldidagi mas'uliyat hissini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilib, korrupsiyaga qarshi kurashda har bir xodimning ishtiroki muhim ekani qayd etildi.
📱 Telegram I 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube