View in Telegram
🤝 Hamkorlik memorandumi imzolandi Xalq banki hamda Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi huzuridagi “Tadbirkor ayollar klubi”, O‘zbekiston “Tadbirkorlar va ishbilarmon ayollar” birlashmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bugungi kunda “Tadbirkor ayollar klubi”ga respublikamizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 200 nafardan ortiq lider tadbirkor ayollar a'zo. 😃 Ushbu hamkorlik ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirishda muhim qadamdir. 😃 Memorandum xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda ko'maklashishni ko'zda tutadi. 🏦 Xalq banki iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat olib borayotgan ayollar uchun ishonchli moliyaviy hamkor sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab kelmoqda. 🔺 Bankning ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari xotin-qizlarga jamiyatdagi ijtimoiy o’rnini mustahkamlashda ko'maklashib, gender tenglikni ta’minlashga katta hissa qo‘shmoqda. 🌐 Facebook | 🌐 Instagram 🌐 Telegram |👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram Center
Telegram Center
Channel