View in Telegram
Podshoxni ikki vaziri bo'lgan ekan. Ikkinchi vazrga podshox 1000 tanga oylik berar ekan, birinchi vazrga esa 10 barobar ko'p, 10 000 tanga oylik to'lar ekan. "Ulug' podshoxim, ikkalamiz ham bir xil ish qilsakda men birinchi vazrdan 10 marta kam oylik olaman. Bu noxaqlik." deb bir kuni ikkinchi vazr podshoxga arz qilibdi. Podshox izoh bermabdi. Oradan bir necha kun o'tgach, podshox ikkinchi vazrni chaqirib unga topshiriq beribdi: "Kecha shaxarga savdogarlar kelibdi, bilchi nima ish bilan kelishibdi". Vazr hop deb borib qaytibdi va podshoxga savdogarlar sapol buyumlar olib kelganini aytibdi. Podshox vazrdan yana so'rabdi: Buyumlarni nech puldan sotishyapti ekan? Vazr hop hozir bilib kelaman deb ketibdi va javobni podshoxga yetkazibdi. Podshox yana so'rabdi: Shaxarda nech kun qolishar ekan? Vazr yana hop deb borib malumotni topib kelibdi. Shunda podshox birinchi vazrni chaqiribdi va unga ham xuddi o'sha topshiriqni beribdi: "Kecha shaxarga savdogarlar kelibdi, bilchi nima ish bilan kelishibdi". Vazr hop deb ketibdi. Qaytgach birinchi vazr podshoxga quyidagi malumotni beribdi: "20tacha savdogarlar qo'shni shaxardan kelishibdi. Sapol buyumlar sotish niyatda kelishibdi. Buyumlarni donasini 2 tangadan sotishyapti ekan. Bizni shaxarda 4 hafta bo'lishar ekan." Ikkinchi vazrni buni eshitib nega kam oylik olishini tushunib yetibdi. Lesson: Podshoxni birinchi vaziri bo'ling.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily