Ohirgi bir oyda Toshkentda yashayotgan ko'p o'rtoqlar va tanishlar bilan suxbatlashdim. Hammalari juda yaxshi daromad qilishsada ularga Toshkentda yashash juda qimmatga tushyapti. O'zim ham buni ancha sezdim. Raqamlarni aytib o'tirmayman, Toshkentda yashasangiz juda yaxshi bilasiz.
Arenda, kunlik maxsulotlar, elektr, gaz, benzin, restoranda ovqatlanish, taxi, va hkz — pul suvdek oqib ketyapti. Yaqinda bir do'stim Sankt Petersburg'da 3 oy yashab keldi. Aytishicha, ikki shaxar orasidagi xarajatlar farqi deyarli yo'q. Toshkentdagi o'rtacha oyliklar qayerdayu, Sankt Petersburg o'rtacha oyliklari qayerda?!
Endi, men suxbatlashgan odamlar above average daromad qilishadi (taxminan top 10%). Average yoki below average daromad qilayotganlar nima qilishyapti?
Sizchi? Sizni daromadingiz xarajatlaringizni qoplagani yetyaptimi?