Taxida ketyapman...
Taxist: Aka, qayerda ishlaysiz?
Men: Aaa.. Hmm.. Programmist bo'lib ishlayman.
Taxist: Haa yaxshi.
30 minut o'tgach...
Taxist: Aka, programmist ekansiz shu telefonimda ekranida bir narsa paydo bo'p qoldi. Olib tashlab berolasizmi?
Men: Aaa... Hmm... Aka, unaqa programmist emasman.
Gapni qisqasi, Redmi 7 telefonda Quick Ball degan popup action button bo'larkan. O'shani settings'dan o'chirib qo'ydim. Keyin, telefonni har xil joyida chiqayotgan reklamalarni ham o'chirdim.
Taxist meni 150 ming so'mga Popga olib ketyaptilar. Hourly rate'imni xisobga osa aka menga 50 dollar berishlari kerak. Akaga shuni qanday aytishni bilmay turibman 🤔