🌐 Central Asian Medical University Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Fargʻona filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchilari va koordinatorlari birgalikda kelishib loyihalar o’tkazishga, ikki Oliy ta’lim muassasasi talabalari o’rtasida do’stona muhit yaratib, o’zaro bellashuvlar, sport o’yinlari, intellektual loyihalar o’tkazish, doirasida Hamkorlik memorandumi imzolashdi.
Shuningdek, Qo‘qon Shahar 33-maktab Yosh qutqaruvchilar sport guruhi a’zolari tomonidan Vatanni madh etuvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etib, tadbirga yanada joziba baxsh etdilar.
Sport o‘yinlaridan tosh ko‘tarish va armrestling bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalar talaba yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Bayram tadbirida 65 nafar professor-o‘qituvchilar, 180 nafar talabalar va 50 dan ziyod jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
1991-yil 6-sentyabr – istiqlolning beshinchi kuniyoq tarixda ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. 1992-yil 14-yanvar kuni esa mamlakatimiz hududidagi barcha Qurolli Kuchlarni O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrda qabul qilingan qonuniga binoan, yurtimizda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 10-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Qo‘qon Shahar 33171-harbiy qism vakillari hamda Qo‘qon Shahar 33-maktab Yosh qutqaruvchilar sport guruhi mehmon sifatida tashrif buyurdilar.
Tadbirni filial direktori Pulatov Sharifjon Yigitaliyevich tabrik so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbir davomida oliygoh talabalar teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan kuy qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.