2024-yil sarhisobiYanvar. Til bilish darajamni oshirish maqsadida Toshkentdagi nufuzli o'quv markazlardan birida qo'shimcha tahsil ola boshladim. Universitetdagi yakuniy imtihonlarimni yaxshi bahoga yopdim. Ota-onam bilan ko'proq vaqt o'tkazdim.Fevral. Universitet tadbirlarida faol bo'ldim. Ammo asosiy fokusimni adabiyotga va til o'rganishga qaratdim. She'riy kechalarda nutq so'zladim va ko'p- ko'p she'rlar o'qidim.
Mart. Hali sinab ko'rmagan men uchun yangi bo'lgan ovqatlar pishirib ko'rdim. Ko'proq vaqtimni yolg'iz sayr qilishga sarfladim. Tashqi ko'rinishimga , kiyinishim va soch turmaklarimga ko'proq e'tiborli bo'lishni boshladim.
Aprel. Vikipediada maqola yozishni o'rgandim. Ilk ensiklopedik tarjima maqolamni yaratdim. Tavakkaliga ijodkorlar seminariga onlayn ariza topshirdim va muvaffaqiyatli tarzda hududiy bosqichga yo'llanma oldim.
May. Yakuniy imtihonlarimni keyinga surib uyga qaytdim. Yosh ijodkorlarning an'anaviy Zomin seminari hududiy bosqichida qatnashdim va Respublika bosqichiga yo'llanma oldim. O'zimga bir qancha yaxshi ustozlar va do'stlar orttirdim. Sog'ligimda yaxshigina muommo bo'lib uydagilar ham o'zim ham ozroq siqildik. Davolandim.
Iyun. Ko'p-ko'p dam olish tavsiya qilingani uchun vaqtimni teatrlarda, yaqin dugonamning to'yida va ko'proq uxlashga sarfladim. She'r o'qib yirishni to'xtatmadim.
Iyul. Aynan shu oy men uchun 2024-yilning eng foydali oyi bo'ldi. 3 kun Jizzahda, Zominda seminarda bo'lib yangi bilimlar va sovg'alar bilan qaytdim. Yozuvchi va Shoir Aziz Said (@vaqt_manzili) bilan ustoz shogird bo'lib qoldik.
She'rlarim Respublika matbuotlarida e'lon qilindi.
Avgust. Bu oyda shijoatga to'lib yozdim, faqatgina yozdim. Chiroyli she'rlar tug'ildi. Shu bir oyda qishloqda bo'ldim. Ko'p-ko'p mehmon kutdik. Oyimning maktabida o'qidim:)
Sentabr. She'rlarim "Sharq yulduzi" ni ko'rdi.
Men uchun yangi bo'lgan Fransuz tilini noldan o'rganishni boshladim. Psixalagik o'zgarishlar bo'ldi. Qo'rquv va vahima bilan yashadim shu oy boshida. Buni ham davoladik.
Noyabr. Yangi kasb o'rganishni boshladim. SMM kursini yakunlab sertifikat oldim. Juda band bo'ldim, qo'shimcha kurs, universitet keyin she'riy tadbirlar va kechalarni ham umuman o'tkazib yubormadim.
Dekabr. Yangi ochilgan proektda senarist bo'lib ish boshladim. Ko'proq badiiy kitoblar o'qidim. Hayotdan xursand yashashni o'rgandim. Sog'ligimga yaxshiroq e'tiborli bo'lishni boshladim.
2024-yil ko'pgina unutilmas lahzalarni berdi. Bu yil men bilan bo'lgan hammaga rahmat!
@venera_inoyatovna