#sharx
Virjiniya Vulf " Shaxsiy xona". 1929
Shekspirning singlisi bo'lgan. Unda ham xuddi akasinikiday adabiyot va san'atga oshno qalb bor edi.
Lekin afsuski, o'sha davrda ijodkorlik iste'dodi bilan tug'ilgan ayollar "baxtsiz" ayollar edi.
Har bir insonni o'zining ongi boshqaradi, ammo o'sha davrda qizlarni ota-onasining ongi boshqargan.
Virjiniya Vulf o'zining "Shaxsiy xona" essey-qissasida tarixda nega ayollardan mashhur ijodkorlar chiqmaganini, umuman nega ayollarning imkiniyati qarama-qarshi jins vakillariga nisbatan kam ekanligini o'rganadi. Ayollarga nega mablag' va erkinlik kerakligini isbotlaydi. Ularni erkin fikrini bildirishga undaydi.
Bundan deyarli bir asr oldin yozilgan bu kitobdagi muommolar afsuski hozir ham mavjud. Umuman olganda asar menga yoqdi. O'zini ijod yo'liga bag'ishlash istagidagi har bir ayolga(aslida ayollardan ham ko'proq erkaklarga) tavsiya qilinadi!
09.12.2024
@venera_inoyatovna