#ijodimdan
#eskiroq
***
Yoki meni sochib yubor,
Hech narsaga yaramayin.
Qo'llaringda ezib tashla,
Ko'zyoshimga qaramayin.
Na shaklim bor, na o'lchovim,
Ne desang shu– ko'nmoqchiman.
Erkimni bir chetga surib
Senga tobe bo'lmoqchiman
Qonuningga qaram bo'ldim,
Hayajondan qaltirab.
Umid bilan boqayapman
Ko'zlaringga javdirab.
Yo g'am yasa, yo baxt yasa
Kutmoqdaman, mushtoqman.
Senga meni Xudo berdi,
Men
bir hovuch tuproqman.
✍Vinera
@venera_inoyatovna