View in Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧀 Amerika supermarketlari qanday qilib Yelsinni va butun boshli Sovet Ittifoqini o‘zgartirganligi haqida hikoya 1989-yilda Rossiyaning bo'lajak prezidenti Boris Yelsin (1991-1999) AQSHga tashrifi chog'ida Texasdagi supermarketga tasodifan kirib qoladi. U ko‘rgan manzarasi oldida lol qoladi: supermarketda nafaqat mahsulotlarga navbatlar ko'rinmayotgan edi (Sovet Ittifoqidagi kabi), balki, iste'molchilar uchun 30,000 dan orqtiq turli xil mahsulotlar peshtaxtalarga terib qo'yilgan edi. U paytlarda Sovet Ittifoqida pishloq deyilsa faqatgina bir pishloq turi tushunilar edi, bu yerda esa pishloqlar turini sanash uchun qo'ldagi barmoqlar yetmas edi. Keyinchalik prezident bo'lgan Yelsin bu lahza unga chuqur ta’sir qilganini tan oladi. U hatto bu hodisa o‘z xalqiga shunday farovonlikni ta’minlay olmayotgan sovet tizimiga qarshi chiqishiga turtki bo‘lganini ham aytadi. Atigi 15 oydan so‘ng, Sovet Ittifoqi parchalanib ketadi va Yelsin yangi Rossiya Federatsiyasining rahbari sifatida iqtisodiy islohotlarni qabul qilib, mamlakat bozorlarini ochadi. Yopiq, markazlashgan rejali iqtisodiyotdan ochiqroq, bozorga asoslangan tizimga o‘tish qiyinchiliklarni ham, imkoniyatlarni ham keltirib chiqaradi. Savdo Rossiyani jahon iqtisodiyotiga bog‘lashda muhim vositaga aylanadi, odamlarga ilgari hech qachon ko‘rmagan tovarlar va xizmatlardan foydalanish imkonini beradi. Umuman olganda esa erkin savdo nafaqat iste'molchilarni ko'proq va sifatliroq mahsulot va xizmatlar bilan ta'minlaydi, balki, bizneslar uchun ham raqobat sababli rivojlanish arenasi vazifasini o'tab beradi! 📚 "Trade is not a four letter word" by Fred Hochberg 🍉 @v_turakulov_stories
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily