View in Telegram
🗣To‘qimachilik tarmog‘ida qayta ishlashni chuqurlashtirish uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari: 🫥ip-kalava va matoning eksport bojidan tushadigan mablag‘lar to‘liq miqdorda Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi; 🫥Jamg‘armaning ip-kalava va matoning eksport yig‘imidan tushadigan mablag‘larining 2025-yilda 15 mln AQSH dollari hamda ishlab chiqarish uskunalari xaridini subsidiyalash uchun nazarda tutilgan foydalanilmay qolgan qoldiq mablag‘lari gazlama, mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari doirasida asbob-uskunalar xarid qilishni kreditlash uchun xorijiy valyutada tijorat banklariga yo‘naltiriladi; 🫥kreditlar tadbirkorlik subyektlari buyurtmasiga asosan asbob-uskuna qiymatining 15 foizi miqdorida avans to‘lovlarini moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada yillik 4 foiz stavkada 7 yil muddatgacha ajratiladi. Bunda asbob-uskuna qiymatining qolgan qismiga tadbirkorlik subyekti tomonidan tijorat banklari orqali mablag‘ jalb qilinadi; 🫥“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan korxonalarga xalqaro (“GOTS”, “OEKO-TEX”, “BCI”, “BSCI”, “Organic Cotton”, “SEDEX” va shu kabi) sertifikatlarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun beriladigan moliyaviy yordam miqdori doirasida mazkur sertifikatlarni olish talablariga javob berish uchun amalga oshirilgan boshqa xarajatlar ham qoplab beriladi. 🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹 #Uztextileprom #Uztextile #TextileNews 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily