📢 Hujjatdagi yana bir muhim jihat bu
tadbirkorlar uchun yengillashtirilgan soliq imtiyozlari.
📌 Unga ko’ra,
2025-yil 1- yanvardan 2028- yil 1-yanvargacha tikuv -trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o’zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun
foyda solig’i stavkasini 2 % va ijtimoiy soliq stavkasini 1 % qilib belgilash ko’zda tutilgan:
✅ 1000 tagacha ish o’rniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining 15%i, 1000 tadan oshiq ish o’rniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 10 % i, biroq kamida 150 nafari Ijtimoiy himoya reestrida yoki Kambag’al oilalar reestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan iborat bo’lganda. Bunda xodim tegishli reestrdan belgilangan tartibda chiqarilganidan keyin imtiyozning qo’llanilish muddati 6 oy davomida amal qiladi;
✅ Har oyda o’rtacha
ish haqi miqdori mehnatga haq to’lash miqdorining ikki baravaridan kam bo’lmagan miqdorda hisoblanganida;
✅ Hisobot davrida to’quv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi
jami tovarlarni realizatsiya olingan daromadning kamida 90 % ini tashkil qilganda;
🔔 Bunda mazkur shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilganda, soliq imtiyozi ushbu chorak uchun qo’llaniladi.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook