Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tushuntirildi
Transport nazorati inspeksiyasida “O‘zbekko‘mir” AJ, “Ammofos-Maxam” AJ va “Maxam-Chirchiq” AJ korxona vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Abduraxmanov Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda arizachi tomonidan ilova qilinadigan hujjatlar, ro‘yxatga olish jarayoni va guvohnoma berish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
#yangiliklar 🌐Uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе