#jahon_kimyo_sanoati_xabarlari
♻️ Amerikalik olimlar polimer molekulalari xususiyatlarini oʻzgartiruvchi usulni yaratishdi
AQSH Energetika vazirligining Ouk-Rij laboratoriyasi olimlari qayta ishlangan plastikning molekulyar zanjirlarini qayta guruhlashtirish orqali xususiyatlarini saqlab qolish yoʻlini topishdi. Natijada plastik chiqindilarini qimmatroq xomashyoga aylantirish mumkin boʻladi.
Tadqiqot natijalari Journal of the American Chemical Society jurnalida chop etildi.
🔬 Kimyogarlar polimerlarni dixlormetanda eritib, soʻngra metatezis polimerizatsiyasi va oʻzaro metatezis jarayonlari yordamida uning molekulalarini qayta joylashtirishdi. Plastikni olovda eritish orqali odatiy qayta ishlash usuli har bir siklda material degradatsiyasiga olib keladi. Polimer zanjirlarida bloklarni qayta guruhlashtirish orqali esa plastikni degradatsiyasiga olib kelmasdan saqlab qolish imkoni paydo boʻldi.
🧪 Ishlab chiquvchilar mazkur texnologiyani oʻz vaqtida tibbiyotda genomlarni oʻrganishda inqilob yasagan CRISPR tahrirlash vositasiga oʻxshatishmoqda.
😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube