Umumta’lim maktablarining 5-6-sinf matematika fani o‘quv dasturi muhokama qilindi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Respublika ta’lim markazining "Matematika fani bo‘yicha Ilmiy metodik kengash"i qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➖ Unda ishtirok etgan davlatimizning yetakchi olimlari va amaliyotchi o‘qituvchilaridan iborat Kengash a’zolari tomonidan umumta’lim maktablarining 5-6-sinf matematika fani o‘quv dasturi muhokamasi o‘tkazildi.
✔️Ta’kidlanganidek, keng jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan takliflar asosida yangi O‘quv dasturida matematika fani ta’limi mazmuni, matematik savodxonlik, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish jarayonlari yanada takomillashtirildi.
⚡️ Yig‘ilish so‘ngida Kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan yangi O‘quv dasturi foydalanishga tavsiya etildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram