Pomidorlarni sifatli parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar. Ular uchun nimalar zararli?
🌿Bargdan sug‘orish: Pomidorlar poya va bargga suv tegishini yoqtirmaydi. Shuning uchun ularni tomiridan sug‘orish kerak. Hatto issiq havoda ham bu tarzda ekinlarni "sovitish" kerak emas. Chunki bargda qolib ketgan suv qoldiqlari ekinni kuydirishi mumkin.
💧 Ortiqcha suv: Pomidorni butun egat yuzasi bo‘ylab sug‘ormaslik lozim. Aks holda ildizlarga kislorod kelishini to‘silib, ekin bo‘g‘ila boshlaydi (nafas ololmaydi).
🌲 Og‘ir tuproqlar: Agar tomorqadagi yer og‘ir loyli tuproqdan iborat bo‘lsa, pomidor ekishdan oldin u yerga qora tuproq aralashtirish zarur. Og‘ir tuproqlarda ildizlarga kislorod yaxshi o‘tmay, o‘simlik nobud bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yerni doimiy ravishda yumshatib turish lozim.
ℹ️ Past egatlar: Yer sathida pomidorlarni ekmagan ma’qul. 15-20 sm balandlikdagi ko‘tarma egatlar ular uchun qulay. Shu yo‘l bilan ekinlar oziqlantiruvchi moddalarning kelishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan natriy va xlorning doimiy ravishda to‘planib qolishidan qiynalmaydi.
🌿Zich ekish: Ekinlarni zich ekish mumkin emas. Yo‘qsa, ekinlarni butun kuchi o‘sish va meva hosil qilishga emas, bir-biri bilan kurashishga ketadi.
⏺Soya: Pomidor yorug‘liksevar o‘simlikdir. Quyosh nurining yetishmasligi ularning o‘sishiga ta’sir qiladi. Mo‘l hosil olish istagidagilar pomidor uchun shamol yaxshi aylanadigan, quyoshli joyni tanlagani ma’qul.
🌡Past harorat: Pomidorlar issiq haroratda o‘zlarini yaxshi his qiladi. Agar kechqurungi harorat 0 darajagacha tushib tursa, o‘simlik nobud bo‘lishi mumkin. Xullas, yuqorida aytib o‘tilgan barcha omillar pomidorlarning asosiy dushmanlari hisoblanadi.
#repost🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter