View in Telegram
Birinchidan, Trampning tarixini ba'zilar unutishgan chog'i. Tramp birinchi safar prezident bo'lganida qilgan birinchi ishlaridan biri AQSh elchixonasini Quddus shahriga ko'chirish va shaharni mamlakat poytaxti deb tan olishi bo'lgan. Shu yilning boshida Trampning kuyovi Jared G'azodagilarni boshqa yerga ko'chirishni, G'azo sohili yeri qimmat va kurort uchun jozibali ekanligini aytgandi. Trampning mana bu gaplari ham bo'lgan edi. Ikkinchidan, Tramp saylovni yutgandan so'ng Isroil hukumati vakillaridan Iordan daryosining gʻarbiy sohili yerlarini bosib olishga chaqiriqlar ham paydo bo'lmoqda, ya'ni Trampning g'alaba qozonilgani urush uchun kart-blansh beradigandek qabul qilinyapti. Uchinchidan, Trampning yangi kabinet, yangi hokimiyatga tayinlovlaridan ham yo'nalish qayerga ketayotganini bilish mumkin. Stefanikni BMTga, Mayk Waltzni esa xavfsizlik masalasida maslahatchi qilyapti. Mana shu Waltzning tayinlovi qiziq. Trampning "urushga qarshi" va "tinchlik tarafdori" narrativiga qarshiroqdek. Waltz Cheneyning kontrterrorizm bo'yicha maslahatchisi bo'lgan, Afg'onistondan chiqib ketishga qarshi bo'lgan. Harris qilgan xatolaridan biri ham Liz Cheneyni safiga qo'shish edi, bunga Trampning o'zi ham bir necha bor urg'u bergan edi. Menga ovoz beringlar, men ulardan farqliman deb. Waltzning bu tayinlovidan keyin esa, Trampga ovoz berganlar endi hayron. Meni o'ylantirayotgan narsa shuki, Trampni G'azodagi urushni va Falastinliklar taqdirini ijobiy hal qiladi deb o'ylab unga ovoz berganlar Tramp va uning platformasi ulardan shunchaki ovoz olish uchun foydalanganini hali anglab yetishmagandek. Lekin, endi kech. Yana bilmadim. 2/2 @uzbekonomics
Telegram Center
Telegram Center
Channel