Donald Trampni saylagan Michiganlik (amerikalik) arablar.
Michigan shtatida, Detroitning tashqarisida Dearborn degan shahar bor. 100mingdan ko’p odam yashaydi. Aholisining 55% ko’pini yaqin sharqlik va shimoliy afrikalik arablar tashkil qiladi. Bu shaharni AQShning norasmiy arab poytaxti deyishadi.
Michigan shtati o’sha yettita eng muhim, tebranuvchi shtatlardan biri edi. Dearborn shahrining 42 foiz ovoz beruvchisi Trampga ovoz
beribdi, 18 foizi esa protest sifatida yashil partiya nomzodi Jill Steynga beribdi (bu ham de-fakto Trampga ovoz degani). E'tiborga molik qismi shuki, bu shahar aholisi kichik Bush paytidan beri faqat demokrat prezident nomzodlarga ovoz berib kelgan. Bu yilgi kongress va senatdagi o'rinlar uchun ovozlarini ham demokrat nomzodlarga berishgan. Ya'ni, bu shahar aholisi azaldan va hozir ham demokratlarga ovoz beradi, Kamala Harris dan tashqari.
Prezidentlik saylovning oxirgi
ko’rsatkichlariga qaraydigan bo'lsak Michiganda Donald Tramp atigi 80 mingta ovoz farqi bilan yutganini ko'ramiz. Dearborn shahriga o'xshash arablar yashaydigan qo'shni Hamtramck, va Dearborn Heights shaharlaridagi ovoz beruvchilar soni shu 80 mingdan ko'proq bo'ladi. Agar shular saylovga chiqib va Harrisga ovoz berganlarida Michigan shtati Harrisga ketishi ham mumkin edi. Albatta, bu umumiy saylov natijasiga ta'sir qilmasa ham.
Nima uchun doimo demokratlar ovoz beradigan Dearbornlik arablar Harrisga ovoz berishmadi? Harrisning ijtimoiy siyosati uchunmi, masalan ta'lim (axir u kaliforniyalik), yoki Harris ayol bo'lgani uchunmi? Yo'q. Ularning o'zlariga ko'ra, Harrisga ovoz bermaslik orqali Bayden-Harris administratsiyasini jazolash, va yutqazishini ta'minlash ekan
manba: [1,
2,
3]. Nima uchun jazolash? Bayden Ga'zodagi urushni to'xtatmaganligi uchun va Harrisning Michigandagi saylovoldi kampaniyasi paytida protestlarning ovozini o'chirishga harakat qilganliklari uchun.
Tramp bundan foydalandi. Saylovdan bir necha kun oldin Dearbornga keldi, mahalliy arablar hamjamiyati bilan uchrashdi va ularga aftidan ko'p va'dalar berdi (bu
yerda ko'rishingiz mumkin). Amerikalik arablarning
gapiga ko'ra Tramp kelib ularga hurmat ko'rsatdi, Harris esa kelmadi, bizni eshitmadi, hurmat qilmadi deyishyapti. Xullas, Dearbornliklar, arab-amerikaliklar Tramp yutganidan, to'g'rirog'i Harris yutqazganidan xursand.
Lekin, bunda paradoks bor. Bayden-Harris administratsiyasi haqiqatdan ham G'azo masalasida xato qildi, lekin bu xato uchun Harrisni jazolash Trampni Oq uyga olib kelish degani. Shunda, Bayden-Harris administratsiyasidan ko'ra D.Tramp Falastin masalasida to'g'ri ish tutadi degan faraz bormi? Ha, yuqoridagi ovoz berganlarning o'zlari ham shunday deyishyapti, Tramp ularga urushni to'xtataman degan. Lekin, masala to'xtatishda emas, qanday to'xtatishda ediku.
Dearborn arablari "ha biz Tramni yoqtirmaymiz, lekin Harrisga message yuborishimiz kerak edi"
deyishyapti. Lekin, bu message o'zlariga va eng muhimi Falastinliklar taqdiriga qimmatga tushishi, ayanchliroq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Nimaga?
1/2