#Kumir_tarqatish
Respublikamiz hududlarida “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir mahsulotini aholiga tarqatish ishlari davom etmoqda.
Bugun, 31-dekabr kuni “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Surxondaryo viloyati filialiga qarashli mavjud 6 ta ombor va 7 ta shoxobcha orqali aholi iste’molchilariga 624 tonna ko‘mir tarqatildi.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ viloyat filiali rahbari Xumoyun Po‘latovga ko‘ra, viloyatda joriy mavsum uchun aholi iste’molchilariga 55 ming 800 tonna arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu reja 16-dekabr kuniga ortig‘i bilan uddalandi va qo‘shimcha ravishda yana 2 ming tonna ko‘mir tarqatildi.
Viloyatda talab-ehtiyojdan kelib chiqib, aholini yana 5 ming tonna qo‘shicha ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Veb-sayt| Facebook |Matbuot kotibi|Youtube|Instagram