View in Telegram
Ayni damlarda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati konlarida ishlab chiqarish bir maromda davom etmoqda ‒ Konimizda ish hech qachon toʻxtamaydi, bayram va dam olish kunlari ham bu yerda ish smena asosida kechayu kunduz davom etadi. Maqsad - xalqimizga issiqlik va yorugʻlik ulashish, ‒ deydi "Angren koʻmir koni" filiali nozimxonasi smena boshligʻi Baxtiyor Qobilov. Angren konining 1- va 2-boʻlimlarida kon ustki qismini ochish va koʻmir qazib olish jarayoni qizgʻin bormoqda, 16-va 54-boʻlimlarda esa tayyor mahsulot isteʼmolchilarga konveyer liniyalari orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri yuklab yuborilayotir. Konchilar smena davomida 5 ming tonna yoqilgʻi qazish topshirigʻi olishgan. Baxtiyor Qobilovning aytishicha, havo ochiq, shu bois ular bu koʻrsatkichni 10 ming tonnadan oshirish niyatida. Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily