⚡️Oʻzbekiston aeroportlariga ishga joylashish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari boʻyicha rasmiy xabar
Soʻnggi paytlarda huquq-tartibot idoralari Toshkent aeroportiga ishga joylashtirish bilan bogʻliq bir necha firibgarlik holatlarini qayd etgan. Firibgarlar ma’lum miqdor evaziga sizni poytaxt aeroportiga ishga joylashtirishni va’da berishadi, biroq kelishilgan pulni olgach ular bilan aloqa uziladi.
Shu munosabat bilan, “Uzbekistan Airports” kompaniyasi rasman maʼlum qiladiki, hozirda Oʻzbekiston aeroportlariga ishga qabul qilish faqatgina elektron tanlov tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu shaffoflikni ta'minlaydi va tanlov jarayonining samaradorligini oshiradi hamda pul uchun bo'sh ish o'rinlarini taklif qiluvchi firibgarlar tarmog'iga tushib qolish ehtimolini kamaytiradi. Bugungi kunga qadar elektron tizim orqali 284 ta bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazilib, 218 nafar yangi xodim muvaffaqiyatli ishga qabul qilindi.
Mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida toʻliq maʼlumotni
vacancyuzairports.uz rasmiy veb-sayti yoki
https://t.center/vacancyuzairports Telegram kanali orqali olish mumkin. “Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi va xalqaro aeroportlar, shuningdek, sho‘ba korxonalari – “UzPort” va "UzCargo" kompaniyalari joriy bo‘sh ish o‘rinlari elektron platformada barcha uchun ochiq holda joylashtiriladi.
Biz fuqarolardan uchinchi shaxslarning shubhali takliflaridan qochib, boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalardan olishlarini soʻraymiz.
Web-site |
Facebook |
Instagram |
Telegram |
X |
IOS/Android