“UzAuto Motors AJ” va “UzAuto Motors Powertrain” bosh direktori Bo Andersson oʻz faoliyatini yakunlamoqda
Xalqaro avtomobil sanoatining yetuk mutaxassisi hisoblangan Bo Andersson soʻnggi uch yil davomida egallab turgan “UzAuto Motors” AJ va “UzAuto Motors Powertrain” AJ bosh direktori lavozimidagi faoliyatini yakunlamoqda.
Ushbu munosabat bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda janob Anderssonning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati rivojiga qoʻshgan hissalari va koʻrsatgan xizmatlari qayd etib oʻtildi.
Taʼkidlanganidek, janob Andersson rahbarligida ishlab chiqarish koʻrsatkichlari sezilarli darajada oshirildi. Shuningdek, “UzAuto Motors” AJ ning Andijon va Xorazm viloyatlaridagi korxonalarida yengil avtomobillar ishlab chiqarish miqdorining oʻsishi kuzatildi, mahsulot sifati yaxshilandi va avtomobil modellari roʻyxati kengaytirildi.
Batafsil....@uzautomotorscom