✅ Atom energiyasi agentligida
“Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksil korrupsiya oyligi davom etmoqda, shu munosabat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Korrupsiyani oldini olish va komplayens-nazorat tizimini joriy etish boshqarmasi, Toshkent davlat yuridik universiteti mas’ul vakillari bilan birgalikda
"O'zatom" agentligi va "AES qurilishi direksiyasi" DK xodimlari uchun
“Korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro va milliy tajriba”, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun mohiyatini yoritib berish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni va mazkur Qonunda “manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasi tasnifi, davlat tashkiloti xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi huquq va majburiyatlari, cheklovlar, jumladan, Qonun talablarini buzganlik uchun qanday javobgarlik belgilanganligi hamda Qonunning mazmun-mohiyati haqida yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirildi.
🔗 Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar, tashkilotlar hamda ularning vakolatlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik choralari to'g'risida misollar va faktlarga asoslangan ma'lumotlar taqdim qilindi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tishdi. Seminar so'ngida barcha ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Shuningdek, bunday seminarlarni muntazam ravishda o‘tkazib turish lozimligi ta’kidlandi.
📝Telegram | 📝Facebook |💻 Instagram | ✅ Web sayt | 🎞YouTube |📱 X