⌛ Qishloq xo‘jaligi texnikalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida
Jizzax viloyatining Paxtakor tumaniga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazildi.
🚜 “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yetkazilgan texnikalar orqali qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishish, hosildorlikni oshirish va fermerlar faoliyati uchun zamonaviy texnik bazani yaratishga imkoniyat yaratilmoqda .
👀 Xususan, Paxtakor tumaniga yetkazib berilgan
15 dona haydov traktori;
18 dona chopiq traktori;
15 dona bog‘ traktori;
22 dona transport traktori;
160 dan ortiq turli qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, yuqori samaradorlikka ega va ekologik xavfsiz ishlash imkonini beradi.
👉 Shuni ta'kidlash kerakki,
haydov va chopiq traktorlari qishloq xo‘jaligi yerlarini ishlov berishda yoqilg‘i sarfini qisqartirishga va tuproqning tabiiy unumdorligini saqlab qolishga mo‘ljallangan.
🚜 Transport traktorlarida ilg‘or yuk ko‘tarish va tashish tizimlari joriy etilgan bo‘lib, hosilni tezkor yig‘ib olish va yetkazib berishni osonlashtiradi.
Bundan tashqari, texnikalar zamonaviy raqamli boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib,
ish jarayonini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni real vaqtda kuzatib borish va optimal qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bu innovatsion yondashuvlar qishloq xo‘jaligi ishlarida inson omilini kamaytirishga va mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
✅Shuningdek,
“O‘zagrolizing” AJ tomonidan yetkazib berilgan texnikalar imtiyozli lizing shartlari asosida taqdim etilib, ushbu shartlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
🟠Boshlang‘ich to‘lovning minimal darajada belgilanishi;
🟠Uzoq muddatli to‘lov imkoniyati, bunda yillik foiz stavkalari fermerlar uchun maqbul darajada saqlanadi;
🟠Texnikani qabul qilgandan keyin to‘lovlarni boshlash uchun qulay muddatlar belgilangan.
❗️Bundan tashqari, fermerlar va dehqonlar uchun
texnik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilmoqda. Bu markazlar orqali:
✔️Texnikani o‘z vaqtida ta’mirlash va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash;
✔️Operatorlarni yangi texnikadan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslariga jalb etish;
✔️Hududda muhandislik va texnik yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish imkoniyatlari taqdim etiladi.
🔊 Mazkur tadbirlar fermer xo‘jaliklarini zamonaviy texnika bilan ta’minlash orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga va hududning umumiy
iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shishi kutilmoqda.
#jarayon
🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram |
📹Instagram |
📱Facebook |
📺YouTube