Paxtachilikda qishki agromeliorativ tadbirlar
🌨Qishki mavsumda paxtachilik sohasida agromeliorativ ishlar muhim ahamiyatga ega. Bu tadbirlar tuproq unumdorligini saqlash va hosildorlikni oshirish uchun amalga oshiriladi.
💧Quduqlar bilan bog‘liq tadbirlar:
- Quduq atrofining o‘pirilib ketishini oldini olish uchun
o‘z vaqtida ta’mirlash ishlarini olib boring.
- Quduq loyqa bilan to‘lib qolgan bo‘lsa, uni tezda tozalash zarur.
Yotiq va tik drenajdan foydalanish:
✅Yotiq drenaj:
- Yer osti suvlari
bosimini pasaytirishda va tuproqning yuqori qatlamlaridan sho‘rni yuvishda yordam beradi.
- Yopiq drenaj tizimi
suv oqimini boshqarish va tuproq strukturasini saqlashda samarali hisoblanadi.
✔️Tik drenaj:
- Yer osti suvlarini chiqarib olish
ularning pyezometrik bosimini kamaytiradi.
- Suvlarni
pastga qarab siljishini ta’minlab, tuproq sho‘rini yuvishga yordam beradi.
✅Tavsiyalar:
- Tik drenajda chiqarib olinadigan suvlardan foydalanishda sarflashni aniq rejalashtirish.
- Har bir tadbirni o‘z vaqtida va me’yorlarga amal qilgan holda
bajarish tavsiya etiladi.
#tavsiya
🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram |
📹Instagram |
📱Facebook |
📺YouTube