Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, “Tashkent City”da yangi qurilgan binolardan birida yong‘in chiqdi, 132 million qalbaki pulni 3 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, Buxoroda 32 yoshli ayol tug‘ruqxonada vafot etdi — kunning “qora” xabarlari bilan tanishing.
Endi xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi xodimlar attestatsiyadan o‘tkaziladi
Hukumat qarori bilan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash tartibi tasdiqlandi. Ushbu nizom xavfsizlikni ta’minlash va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan.
O‘zbekistonning orolbo‘yi hududlarga saksovul ekishidan asosiy maqsadi ekologik fojiaga qarshi kurash emas, – Kirill Pavlov
Qozog‘istonlik mashhur podkastchi Arman Abdolla mahalliy qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Krill Pavlov bilan O‘zbekistonning Orol hududidan foydalanishi haqida suhbatlashdi. Gaplar qanchalik haqiqatga yaqin?
Toshkent viloyatida eri tarafidan vaxshiylarcha kaltaklangan 23 yoshli ayol vafot etdi
Kuni kecha Oqqoʻrgʻon tumanida turmush oʻrtogʻini kaltaklagan 37 yoshli erkak IIO tomonidan protsessual tartibda ushlangani, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani va ayol tibbiy muolaja olayotgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston futzal terma jamoasining yangi bosh murabbiyi ma’lum(mi?)
Futzal bo‘yicha O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi murabbiyining o‘zi ham avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasini boshqarishga qarshi emasligini aytgan.
15 million soʻmdan 3,4 million soʻmgacha: Oʻzbekistonda qaysi soha vakillari eng koʻp maosh oladi?
O‘tgan yil yanvar—dekabr oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi doimgidek Toshkent shahri kuzatilgan — 9,1 mln. so‘m. Keyingi o‘rinlarda Navoiy (6,7 mln. so‘m), Toshkent (5,1 mln. so‘m), Andijon (4,6. mln so‘m) hamda Buxoro (4, 3 mln. so‘m) viloyatlari qayd etilgan.
Dunyoning eng yomon 100 taomi: Reytingga Oʻzbekistonda mashhur boʻlgan salat ham kiritildi
Eng yomon taomlar reytingida birinchi o‘rinni Shvetsiyaning “Blodplettar” qonli blinchiklari egalladi. U xamirga bug‘u qonini qo‘shish orqali tayyorlanadi. Finlandiyaning javdar uni va turli hayvonlarning qoni yordamida tayyorlanadigan “Blodpalt” taomi ikkinchi, gamburger va kartoshka bilan to‘ldirilgan Shvetsiyaning “Kalskrov” pitsasi uchinchi o‘rinda qayd etildi.
2025-yil 24-yanvarning eng muhim voqealari dayjesti
Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash loyihasining prezident qarori bilan tasdiqlanishi, Ulug‘bek Rahimov Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlanishi, amaldagi jahon chempioniga qarshi chiqqan Abdusattorov, turistik maskaniga aylantirilayotgan Uzundara manzilgohi — kunning eng muhim xabarlari bilan tanishing.
2024-yilda O‘zbekiston biznes muhitida qanday o‘zgarishlar kuzatildi?
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisobotiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston biznes muhiti ijobiy baholandi. Qishloq xo‘jaligidagi sezilarli yutuqlar, sanoatning o‘zgaruvchan dinamikasi va umumiy optimizm darajasi iqtisodiy rivojlanishning davom etishini ko‘rsatmoqda.
2024-yilda korxonalardagi xavfsizlik qoidalariga rioya etilmasligi oqibatida 44 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Ulardan 19 tasi o‘lim bilan yakunlangan
Tekshiruvlar davomida aniqlanishicha, aksariyat hollarda xavfli ishlab chiqarish obyektlari rahbarlari va xodimlari orasida xavfsizlik bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalar yetishmagan.
Yakunlanayotgan yanvar oyida tarmoqlarga 5 milliarddan ortiq elektr energiyasi uzatilgan
O‘tgan yil davomida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan jami 74 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi uzatilgan va belgilangan rejaning to‘liq bajarilganligi haqida axborot berilgan edi.
Nufuzli xalqaro brend mutaxassislari uchun yig‘imlar bekor qilinadi
Milliy brendlarni yaratish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni olish tartibi soddalashtiriladi.
Bankka qo‘yilgan omonatlar 200 million so‘mgacha kafolatlanadi
Mavjud tizimga ko‘ra, bank depozitlari to‘liq hajmda kafolatlanadi. Hozirda dunyoda omonatlarni to‘liq kafolatlash tizimi faqat uchta davlatda – O‘zbekiston, Turkmaniston va Belarusda amal qilmoqda, boshqa mamlakatlarda esa kafolatlash uchun yuqori chegara belgilangan.
O‘tgan yilda 5 mingga yaqin mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi, bu 2023-yilga qaraganda 1 331 nafarga ko‘p
Qo‘lga tushgan lavozim egalari tomonidan 3 trillion 608 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Jinoyatlarning katta qismini o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish jinoyatiga to‘g‘ri keladi.
Transport vositasini takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
2024-yilda 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilishi oqibatida 2 ming 203 nafar inson halok bo‘lgan va 8 ming 901 nafar inson tan jarohati olgan.
Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun jarimalar oshiriladi
Qonun loyihasi tashabbuskorlarining fikriga ko‘ra, jazoni kuchaytirish fuqarolarni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining talablariga nisbatan intizom va hurmatni oshirishga, shuningdek, huquqbuzarliklarning takrorlanishini oldini olishga xizmat qiladi.
Bank xodimasining firibgarligi bo‘yicha material tayyorlagan muxbirga ish qo‘zg‘atildi: Buning ortida Oliy sud sudyasi turgan bo‘lishi mumkin
Hujjatlardan ko‘rinishicha, bank xodimasining o‘zga shaxslar nomiga olingan kreditining bir qismini uning eri — Oliy sud sudyasi Sharofiddin Boliyev o‘z plastik kartasi orqali to‘lab kelgan. Sudya bu qonunbuzarlikdan xabardor bo‘lgan va qonunbuzar ayolini himoya qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi umumta’lim maktablaridan birida sil kasalligi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.