#suniy_intellekt
...ga yoxud Ranglar jilosi
Senga degim kelar oq koʻngil inson,
Dahridunda bashar emaslar oppoq.
Biroz qizil - qasdi bor aning,
Biroz sariq, moviy tus - pokroq.
Kimdir kuldir, yonar batamom,
Xasadgoʻylari bor, havasmandlari,
Lekin seningchalik emaslar oppoq,
Bashar avlodida qoralar koʻproq.
Birida rang yoʻqdir, ruhin yoʼqotgan,
Borki hislarini chaqaga sotgan,
O, yuragimda gʻulgʻula, senku Yaratgan,
Bandalar egalik qilar dunyoga .
Yerlar koʻkarmishdir, osmon zangori,
Har "juma" kelganda butun el qori.
Hayitni ommaga yoyar bir enlik,
"Manov odamga suv -
bu ham iftorlik".
Hovlida kulbacha - rangin izlayman,
Qiyos topolmayin birorta tusin.
Chirogʻim pirpirab yonib turganda,
Qalbrangim qoraga taslim etmagin.
O‘ylar tugamaydi: yolg‘onni qora,
deyilsa haqiqat oqqa chiqarmi?
Ammo haq so‘zlamoqdan cho‘chir kimdirlar,
Nega pok rangda ham qo‘rquv bor ona?
Balki rostning nasliga yolg‘on qo‘shilgan,
Mushukdek biri oq, birichi ola,
Ola haqiqatlar diydam qotirar,
Men shundan qo‘rqaman, qo‘rqaman ona...
Senga yuzlanaman, azaliy orzum,
Sening-chun dunyoga keldim go‘yoki.
Sevgirang hislarim qurshaydi bir zum,
O‘ylamoq baxtdirki, yashamoq - totli.,.
Ranglar jilosida yasharim o‘tar,
O‘ttizga bormayin malla soch ichra
umr deb atamoq mumkinmi axir.
Bitta oq kapalak qo‘ndi nachora.
"Rahmat" demoqlikka chiqarmi unim,
Menga ilinasan yaxshilik bot-bot.
Tiyra koʻzlaringdek qorayar kunim,
Oqligimni tortib olmasin hayot.✍🏻 Shahina Usmonova
Shu musiqani eshitib ilk marta o'z she'rimni yodladim...