#kitobxonlik_marafoni
#ziyo_ulashib
✅ 2024-yil 23-dekabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan kitobxonlikni targ‘ib etish va maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan boyitish maqsadida "Ziyo ulashib" loyihasi targ‘ibot jamoasi Shahrisabz shahridagi 19-20-21-umumta’lim maktablarga tashrif buyurdi.
💎 Targʻibot Ijtimoiy fanlar fakulteti Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari H.Olimov, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Bozor Boltayev, Pedagogika fakulteti tyutorlari X.Gapparov, Pedagogika kafedrasi professor o'qituvchilari Dildora Normuratovna, 1-kurs magistr talabasi H.Ziyodov, Pedagogika fakulteti yetakchisi Sh.Usmonovalar ishtirokida amalga oshirildi. Tadbir davomida oʻquvchilarga oliygohdagi shart-sharoitlar, imkoniyatlar, doimiy oʻtkazilib kelinayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, turli tanlovlar haqida maʼlumot berishdi. Shuningdek maktab kutubxonalariga 100 ta jahon va o'zbek adabiyotidan sara asarlar sovg'a qilindi.
@us_ijodkor_qiz bilan birga!