View in Telegram
Viloyatdagi nomsiz ko‘chalarga nom berish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi Bugun Ohangaron tumanida viloyat hokimligi, Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi masʼullari va hokimliklarning davlat tili bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida viloyatdagi mavjud nomsiz hamda takrorlanuvchi nomga ega ko‘chalarni nomlash hamda O‘RQ-937-son Qonunini ijrosi masalalari yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda nomsiz ko‘chalarni davlat reyestriga kiritishda yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganilib, mutaxassislar tomonidan ularga takliflar berildi. Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i J.Axrorov tomonidan ayni paytda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari olib borilayotgani, jarayonda xodimlar bir qancha to‘siqlarga duch kelayotgani, jumladan kadastr xodimini uyiga kiritmaslik holatlari ko‘p uchrayotgani taʼkidlandi va mahalla raislaridan xatlov jarayonlarida kadastr xodimlariga ko‘maklashishlari lozimligi, qonun faqat xalq manfaati yo‘lida ekanligi yana bir bor eslatib o‘tildi. #seminar Kanalga ulanish: https://t.center/tvkad Facebook     Instagram
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily