View in Telegram
DUNYO VA BIZ Bugunda Amerika va Gʻarb olami Sharqiy Ovrupadagi millatlarning hurriyatlarini ta’minlamoq uchun kurashmoqda, Rusiya esa, “Buyuk Slav Imperatorligi” qurmoq xayolida, arab davlatlari ham “Birlashgan arab jumhuriyatlari federasiyasi”ni maydonga keltirish fikrida, Chindagi xitoylar Хazar dengiziga tutashgan "Buyuk Chin Imperatorligi" tushini öngga aylantirish azmida, Isroildagi yahudiylar "Dunyo hokimiyati" shiori ostida irqdoshlari bilan birgalikda faoliyat körsatmoqda ekan biz turklar ne fikr-u xayoldamiz, nimalar qilmoqdamiz? Afsuski, bunday savolga javoban yuzlarimiz qizararoq, sukut etmoqqa majburmiz. Ish shunga borib yetdiki, bugunda "turk" ta’birini ham köp yanglish bir tarzda tafsir etmoqdamiz. Tarix böyicha "Turk" ta’biri bugunda Örta Osiyo deyilayotgan eski Turkistonda yashagan turklarga berilgan ot edi. 1071-yildan keyin Anatoliyaga kelgan turkistonlik turklarning bir qismi bugungacha saljuqiylar, usmonlilar deya ataldi. Keyingi asrda, Usmonli imperatorligining tanazzuli tufayli Anatoliyadagi turklar vataniga "Turkiya" deb ot berildi. Bundan söngra turk ta’birini faqat Anatoliya turklariga — Turkiya turklariga xos bir anglam ölaroq qöllamoqni boshladik. Ichki ğavgolar va kelishmovchiliklar, kurashlar oqibatida "madaniy turğunlik”ka uchragan, eronliklarning eskidan Turon va Turkiston degani nihoyatda keng vatanga ovrupoliklarning kirib kelishi va örtadagi tarixiy sharoit tufayli "turk dunyosi" maydonga chiqdi. Tarixdagi tolesizlikdan, muvaffaqiyatsizlikdan söng hozirgi Xitoyning Gansu degan yeridan Bolqon orollarigacha chözilgan qit’aviy bir kenglikdagi musulmon-turk xalqi asoratga tushib oldi. Tarixiy bir saodat belgisi ölaroq Anatoliya turklari asoratdan qutulib, dunyodagi yagona turk mustaqil davlati sifatida Turkiya Jumhuriyati bölib yashab qoldi. Faqat biz zimmamizdagi vazifani bajarolmadik. Zero, yuqorida ta’kidlaganimdek, butun dunyo millatlari özlarining manfaatlari yölidagi yagona bir idealga, ğoyaga ega, bu uchun faoliyat körsatmoqda. Bizning ichimizda esa hamon ba’zi ğofilona tushunchalar va yoki dushman tashviqoti tufayli zehnlarga örnashgan, özimizga zararli shuur asorati bor. Notöğri talqin ta’siridagi ba’zi vatandoshlar aytganidek "Otga minamiz-da, urush qilamiz, tashqaridagi turklarni qutqaramiz" tushunchasi esa izohi hojatsiz bir köcha gapidir. Tashqaridagi turklar, ya’ni Turkiston, Edil-Örol, Qrim, Shimoliy Qofqoziya va Ozarbayjon turklari, shubhasizki, Turkiya Jumhuriyati ham "Buyuk turk dunyosi”ni hur dunyoga butun masala-yu muammolari bilan tanishtirib borilishiga va shu yöl bilan bir kun kelib asoratdan qutulishiga umidvordir. Bizningcha, shu yölda harakat qilmoq va tarixiy vazifa sanalgan ishni amalga oshirmoq Turkiyaning rivojlanishiga halaqit bermaydi. Biz bu Dunyoning manfaatchilik faoliyati qarshisida yuzma-yuz turib, "kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qilar" masaliga suyangan holda, yuragimizdagi iztiroblarni hayqirib aytamiz: "Yetar! Chin va rus imperalizm asoratida qolgan turklarning faryodini ham eshiting!.." Y.Madaliyevning "Viloyatimizdagi özbek madaniyati va tili" öquv qöllanmasidan. Qozoğiston. Olmaota, "Erevo" nashriyoti. Maqola muallif ruxsati bilan chop etilmoqda. 🐺@turkiysoz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily