INSTITUT PROFESSOR-O'QITUVCHILARI TURKIYADA MALAKA OSHIRMOQDA
👍Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarning sifatli ta'lim olishlarini ta'minlash, professor-o'qituvchilarning esa o'z ustilarida doimiy ishlab, shaxsiy rivojlanishlariga erishishlari uchun tizimli ishlar olib borilmoqda. Professor-o'qituvchilar xorijga ilmiy stajirovka, malaka oshirish kurslariga yuborilayotganligi shular jumlasidan.
🟢Ayni vaqtda ham institutning 5 nafar professor-o'qituvchilari:
N.Qodirova, N.Pozilova, N.Maxmudova, Z.Kobilova hamda
D.Zohidovalar Turkiya davlatida bo'lib turibdilar.
🔴Ustozlarimiz u yerda nufuzli
Yildiz universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar. Shu bilan bir qatorda universitet talabalariga ma'ruzalar o'qimoqdalar.
🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️ adchti.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube