View in Telegram
Toshkent davlat transport universiteti talabalari “InnoWeek-2024” doirasida oʻtkazilgan Yoshlar akademiyasi assambleyasi va O‘zbekiston-Xitoy yoshlar innovatsion forumi qatnashdi Yoshlar akademiyasi assambleyasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov, Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sa’dullayev, vazir oʻrinbosari O.Mahkamov va boshqa yetakchilar, shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti talabalari ishtirok etdi. Unda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi hamda faol yoshlarga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, forumda xitoylik va o‘zbekistonlik yosh olimlar, startapchilar va talabalar, jumladan, universitet yoshlari qatnashdi. Ikki mamlakat yoshlarining innovatsion loyihalari hamda sohadagi muammolar muhokama qilinib, kelgusida hamkorlikni kuchaytirishga doir rejalar belgilandi. Universitet rasmiy sahifalari: TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Telegram Center
Telegram Center
Channel