AKT vaziri Sherzod Shermatov xorijiy til biladigan insonlarni ishga chaqirmoqda
U o‘zining Telegram kanalida
🇩🇪nemis, 🇰🇷koreys, 🇯🇵yapon, 🇹🇷turk, 🇸🇦arab tillaridan birida ravon so’zlasha oladigan kadrlarga yuqori maoshli ishga taklif qilishi haqida
ma’lum qildi. Bunda nomzodlar chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalarda ishlashi mumkin.
Tillar kesimida bo‘sh ish o‘rinlari soni quyidagicha;
🔹nemis tili — 800+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹koreys tili — 300+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹yapon tili — 300+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹turk tili — 200+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹arab tili — 200+ bo‘sh ish o‘rni.
Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, unda quyidagi havola orqali ariza yuborishingiz mumkin:
📝 https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA
Ish joyi xalqaro kompaniyalarning O‘zbekistondagi ofislarida bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈