#KUN_TAVSIYASI
🔴DONISHMANDNING O‘GITI
Donishmandlardan biri o‘z do‘stlariga shunday nasihat qildi:
Jahl o‘tini chidam, bardosh suvi bilan o‘chiring;
Qahru g‘azab tikanlarini sabr-to‘zim o‘ti bilan yondiring;
Siynangiz hasad dudi bilan xiralashmasin;
Ko‘nglingiz lavhida adovat naqshlari o‘rin olmasin;
Jon og‘ritar voqealar yuz berganda telba-devonalardek harakat qilishdan, boshingizga qattiq musibat tushganda umidsizlik girdobidan saqlaning.
Har ishingiz o‘z andozasidan tashqari chiqmasin, hisobli ish tuting;
Harajatingiz daromadingiz chegarasidan oshmasin;
Chiqimingiz kirimingizga qarab bo‘lsin.
Odamga sabr gar ko‘ringay zahar,
Chidam nihoyati jonga bo‘lgay shakar.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook