#RASMIY_MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda bugun 24-yanvar kuni Ohangaron tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 31-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xodimlar va sobiq tashkilot direktori M.T o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik tasvirlangan videolavha tarqaldi.
Holatni o‘rganish maqsadida zudlik bilan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan mas’ullardan iborat ishchi guruh tuzildi.
Ma’lum bo‘lishicha, tashkilotning 2024-yil 4-noyabrda Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining tegishli buyrug‘i bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan direktori M.T 24-yanvar kuni o‘zining yaqinlari bilan 31-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgan. Va bu yerdagi ba’zi buyumlar "mening shaxsiy narsalarim" deb, olib ketishga harakat qilgan. Ammo tashkilotning ayni paytda faoliyat yuritayotgan xodimlari buni rad etib, M.Tga buyumlarni olib ketishga qarshilik qilgan. Va shu vaqtning o‘zida holat bo‘yicha tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limga ham xabar berishgan.
Tasvirlarda ko‘ringanidek, bo‘lim xodimlari holatni oldini olish va kelishmovchilikni bartaraf etish maqsadida tashkilotga yetib kelishadi.
Ayni paytda holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Ohangaron tumani IIB tomonidan nazoratga olingan.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |
Facebook