#QAROR_VA_IJRO
🔰Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni takomillashtirish
📍Toshkent tumani
🔷Avval xabar berganimizdek, 2024-yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 18/41-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘quv-seminarlari jadval asosida tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.
🔷Kuni kecha viloyatimizning Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tasarrufidagi barcha umumta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidan masalaga bevosita mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
🟢O‘quv-seminarda tadbirda ishtirokchilarga kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram | Facebook