#taqdimot
📍 Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumta'lim maktabida “Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyilligi bor o'quvchilarni barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy-psixologik ko'mak ko'rsatish” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
✉️ Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va pedagogik-psixologik Respublika tashxis markazi hamkorligida uyushtirilayotgan tadbirda tumandagi barcha umumta'lim maktablari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari, psixologlar ishtirok etishdi.
➖ Seminar davomida Yunusobod tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori Nargiza Ishanxodjayeva ham "2024-yil yakunlari va 2025-yildagi dolzarb vazifalar" mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.
📝 Taqdimot so'nggida tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook