View in Telegram
Irgiz jangi - hozirgi Qozog'istonning, To'rg'ay viloyatida, Irgiz daryosi bo'yida Xorazmshohlar qo'shini va Mo'g'ullar qo'shini o'rtasida bo'lib o'tgan jang. Qo'zg'o'lonchi Merkitlar qo'shini yengib, ortga qaytayotgan Chingizxonning katta o'g'li Jo'ji, sarkardalar Subotoy va Jebe boshliq qo'shinlarini ortidan Alouddin Muhammad Xorazmshoh o'z qo'shini bilan ularni ta'qib qila boshladi. Xorazmshoh Jo'jining oldiga yetib kelganda, Jo'ji Chingizxonning ruxsatisiz urush qilishi mumkin emasligi, muqaddas kitoblari "Yasa"ga xilof ish qilolmasligini aytganda, Xorazmshoh shunday dedi: "Agar Chingizxon senga men bilan urushmasligingni buyurgan bo'lsa, Olloh Taolo esa, meni sizlar bilan urushishimni amr etib, bu uchun savob ham va'da qiladi. Hammangiz mushrik bo'lganingiz sababli men uchun sen bilan Gurhon va Guchluk orasida biror bir farq yo'q". Xullas, mo'g'ullar urushishdan o'zga chora topmagach ikki taraf o'rtasida Xorazm davlatining sharqi, yanada aniqrog'i Sirdaryoning sharqida urush boshlanadi. Nasaviyning xabar berishicha, bu jangda mo'g'ullar soni 20 ming, xorazmshohlar esa 60 ming bo'lgan. Xorazmshoh mo'g'ullar kabi jangdan qaytyotgan xorg'in holatda bo'lmasa-da, mo'g'ullarni yenga olmadi. Hatto jang asnosida quvvati sindirilgan Xorazmshoh jasur o'g'li Jaloliddinning soyasida qutulishga muvaffaq bo'ladi. Jangda Xorazmshoh mo'g'ullar tomonidan qurshovda qoladi, bu holatda uni ikki oqibatdan biri: yo asirga tushish, yoki jang maydonida o'lishini kutib turgan edi. Yaxshiyamki, bu orada Jaloliddin yordamga kelib, otasini mo'g'ullar iskanjasidan qutqarib chiqadi. Bu yosh Jaloliddin Manguberdining mo'g'ullarga qarshi ilk jangga kirishi va ularni dog'da qoldirishi kerak edi. Hali uning bundan boshqa qahramonliklariga yana qaytamiz... Jang to'rt kun davomida shiddatli tusda davom etdi. Ikkala tomondan ham ko'p askarlar o'ldi, musulmonlar 20 ming shahid berdi, mo'g'ullardan o'ldirilganlar soni hisobsiz edi. So'ngra jang to'xtatib, tomonlar ikkiga ayrildi. Bu jangda biror taraf g'olib bo'lolmadi. Taraflar ikkiga ajralganidan keyin Alouddin Muhammad Xorazmshoh mo'g'ullardan hadiksirab, davlatning Buxoro va Samarqand kabi buyuk shaharlar qo'rg'onini kuchaytirib, o'zi esa qo'shimcha askar to'plangani markaz Urganchga qaytadi va shahar himoyasini mustahkamlashga kirishadi. Manba: Shamsiddin Darg'omiy "Mo'g'ul bosqini va Musulmonlarning qonli kechmishi" kitobidan @Tarixning_saboqlari
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily