View in Telegram
Tarixning saboqlari
Damashqni qamal qilinishi. 1400-1401-yillarda Temuriylar imperiyasi va Mamluklar Misri o'rtasidagi urush paytidagi muhim voqea edi. @Tarixning_saboqlari
Amir Temur Chingizxondan keyingi eng qudratli Markaziy Osiyo hukmdorlaridan biri bo‘lgan. U davomli va shafqatsiz urushlar orqali o‘zidan avvalgi Mo‘g‘ul imperiyasini qayta tiklashga intilgan. 1400-yilda Amir Temur Misrning mamluk sultoni Nosiriddin Faraj bilan urush boshladi va Mamluklar hukmronligidagi Suriyaga bostirib kirdi. Amir Temur Suriya shaharlariga hujum qilishdan oldin Damashqqa elchi yuborgan edi, ammo bu elchi shaharning mamluk noibi Sudun tomonidan qatl etilgan. 1400-yil noyabr oyida Amir Temur qo‘shinlari Halabni (Aleppo) egalladi. U shahar aholisining ko‘p qismini qirg‘in qildi va shaharning tashqarisida 20 000 bosh suyagidan iborat minorani qurishni buyurdi. Halabni egallaganidan so‘ng, Temur o‘z yurishini davom ettirib, Hama, Homs, Baalbekni zabt etdi va Damashqni qamal qildi. Amir Temur dastlab Damashqning g‘arbida, Al-Rabvah yaqinidagi Qubbat Sayyar hududida lager tiklagan edi. Keyin u shahar atrofidagi Qatana, Al-Kisva, Darayya, Hula ko‘li va Havron hududlariga hujum qildi. Keyinchalik, u Mamluk sultoni Nosiriddin Faraj boshchiligidagi qo‘shin bilan jang qildi. Bu jang Damashq tashqarisida bo‘lib o‘tdi va Mamluklar mag‘lubiyatga uchradi. Natijada shahar mo‘g‘ul askarlarining rahm-shafqatiga qoldi. 1401-yil yanvar oyiga kelib, Mamluk sultoni mag‘lubiyatga uchragan qo‘shinlari sababli Qohiradan vakillar, jumladan, mashhur tarixchi Ibn Xaldunni yubordi. Ular Amir Temur bilan muzokaralar olib bordilar, ammo ular qaytib ketgach, shahar talon-taroj qilindi. Eng dahshatli voqealardan biri, mustaqil guvohlar tomonidan tasdiqlanganidek, 1401-yil mart oyida mashhur Ummaviylar masjidining yoqib yuborilishi edi. Shuningdek, Baybarsning al-Ablaq saroyi (Hozirgi Tekkiya masjidi joylashgan joy) ham vayron qilingan. Nufuzli imomlar va diniy rahnamolar Amir Temur huzuriga borib, Alloh nomidan rahm so‘radilar. U ularga yolg‘on va’da berib, ayollar va bolalari bilan birga masjidlarda panoh topishni tavsiya qildi. Shu tariqa, 30 000 dan ortiq kishi yig‘ildi. Temur masjid eshiklarini berkitib, ularni tiriklayin yoqib yubordi. Ko‘plab zo‘ravonliklar, jumladan, ommaviy zo‘rlashlar qayd etilgan. Shuningdek, erkaklar va ayollar qullikka olib ketilgan. Shaharning ko‘plab hunarmandlari esa Amir Temurning poytaxti Samarqandga olib ketilgan. Ular omon qolgan baxtliroq fuqarolar edi, chunki ko‘pchilik shafqatsiz qatl etilgan va ularning bosh suyaklari shimoliy-sharqiy devorlar tashqarisidagi maydonda uyulib qo‘yilgan. Bugungi kunda bu joy "Burj al-Ru'us" (Boshlar minorasi) nomi bilan ataladi va zamonaviy Al-Qassa va Bab Tuma o‘rtasida joylashgan. Damashq qo‘lga kiritilgandan so‘ng, Amir Temurning mintaqadagi yana bir kuch bo‘lib shakllanayotgan Usmonli imperiyasi bilan chegaradosh bo‘ldi. Bu ikki kuch tez orada to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashdi. Boyazid Anadolining Amir Temurga sodiqlik izhor qilgan beyliklaridan biridan xiroj talab qildi va bostirib kirish bilan tahdid qildi. Amir Temur bu harakatni o‘ziga nisbatan haqorat sifatida qabul qildi va 1402-yilda o‘z qo‘shinini Usmonlilarning Sebaste (hozirgi Sivas) shahriga qarab harakatlantirdi. Keyinchalik Amir Temur Anqara jangida Usmonli sultoni Boyazidni mag‘lub etdi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar: 1. Ibn Khaldun. "Ibn Khaldun and Tamerlane". 2. le Strange, Guy, "Palestine Under the Moslems: A Description of Syria and the Holy Land from A.D. 650 to 1500" @Tarixning_saboqlari
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily