View in Telegram
Boku shahriga tashrifimiz doirasida Parlamentlararo ittifoq raisi Tuliya Ekson xonim va Ittifoq Bosh kotibi janob Martin Chungong bilan uchrashuv o‘tkazdik. O‘zbekistonning barcha davlatlar, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalari mustahkamlanganligi muloqotlarimizda alohida ta’kidlab o‘tildi. Barqaror rivojlanish maqsadlari bajarilishida parlament nazorati o‘rnatilganligi, bu borada maxsus komissiyaning samarali faoliyati ham qayd etildi. Shu bilan birga, yurtimizda ijtimoiy himoya tizimini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, inklyuziv va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishda parlamentning roli xususida fikr almashdik. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasiga tayyorgarlik jarayonlari, dasturlari va tadbirga oid hujjatlarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qildik. #COP29 #parlament #IPU150 @tanzilanarbaeva
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily